Basharti…

Shunday insoniy qadriyatlar borki, muayyan millat, din yoki irqqagina xos emas. Shunday shaxslar yashab oʻtmishki, umrini va jonini oʻsha qadriyatlarga bagʻishlagan, kerak boʻlsa, qurbon qilgan. Ana shunday shaxslardan biri, AQSHdagi Fuqaroviy huquqlar uchun harakatining yorqin vakili, Maxatma Gandidan ilhom olgan va xristianlik eʼtiqodiga tayanib, kuch ishlatmay, tinch yoʻl bilan fuqarolik haq-huquqlarini qaror toptirish uchun kurashgan …

Continue reading Basharti…

Advertisements

Axloq o’zgaradimi?

“Axloqiylik mehvari” nomli maqolamizga turlicha fikrlar bildirilgan edi.[1] Garchi o‘sha maqolada axloqning vujudga kelishi, manbai haqida so‘z yuritilmagan, bu masalani ko‘tarish maqsadi ham bo‘lmagan esa-da, e’tirozlar orasida bizga axloqning manbai, kelib chiqishi haqida savollar berilgan. Jumladan: “Xo‘sh, “axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri deb qabul qilgan xulq-atvor me’yorlari”mi yoki ilohiy yo‘l-yo‘riqlar asosida shakllangan …

Continue reading Axloq o’zgaradimi?

Zamonamiz donkixotlari

Ajdodlarning buyuk kashfiyot va g‘alabalari bilan faxrlanish, o‘tmishdan qahramon axtarish, ular nomini abadiylashtirish, ularga bag‘ishlab anjumanlar o‘tkazish, ularni dunyoga tanitishga intilish chorak asrlik mustaqilligimiz davridagi muhim tendensiyalardan bo‘ldi desak, mubolag‘a emas. Mustaqillikni endi qo‘lga kiritgan millat uchun bu ham kerakdir, ehtimol. Zero, milliy birlik, milliy g‘urur, milliy o‘zlik shakllanishida shonli o‘tmish haqidagi tasavvurlar, narrativlar muhim …

Continue reading Zamonamiz donkixotlari

Тартибсизликдан тартиб изловчилар

Консерватизм, конспирология, ақлли лойиҳа (intelligent design), нумерология. Ҳеч эътибор берганмисиз, улардан бири кимда булса, катта эҳтимол билан иккинчиси ҳам унда бор. Буларни нима бирлаштириб туради? Нега консерваторлар конспирологияга ўч бўлишади, ёки аксинча, конспирологияга ўчлар ичида консерваторлар кўпчиликни ташкил этади? Консерватор ёки ўнгчи реакцион дунёқарашга эга шахслар жамоавийликка мойил бўлиш билан бир қаторда, жамиятдаги ҳар бир …

Continue reading Тартибсизликдан тартиб изловчилар

“Мутлақ адолат”

Бир ҳафтадан буён роса чарчатди бу мубҳамликлар. Баъзан Ердаги ҳаётдан узоқлашиб, олис-олисларга кетгиси келади одамнинг. Президент вафоти ҳақидаги хабардан сўнг ўшандай истак яна пайдо бўлиб қолди. Ташқарига чиқаман. Ҳаммаёқ сокин. Ҳеч нарса ўзгармаган, гўё ҳеч нима бўлмаган. Кўкка қарайман. Юлдузлар чарақлаб турибди. Ана шундай лаҳзаларда қиладиган одатим эсимга келди. Ичкари кириб юлдузлар ҳаритасини олиб чиқдим-у, …

Continue reading “Мутлақ адолат”