Basharti…

Shunday insoniy qadriyatlar borki, muayyan millat, din yoki irqqagina xos emas. Shunday shaxslar yashab oʻtmishki, umrini va jonini oʻsha qadriyatlarga bagʻishlagan, kerak boʻlsa, qurbon qilgan. Ana shunday shaxslardan biri, AQSHdagi Fuqaroviy huquqlar uchun harakatining yorqin vakili, Maxatma Gandidan ilhom olgan va xristianlik eʼtiqodiga tayanib, kuch ishlatmay, tinch yoʻl bilan fuqarolik haq-huquqlarini qaror toptirish uchun kurashgan …

Continue reading Basharti…

Advertisements

Ma’naviyat bo’lmasa ham, ma’no bo’laveradi

So‘zni uzoqroqdan boshlay. Yo‘qlikdan. Yo‘qlik haqida kimdir bahslashyaptimi? Borliqda muammo ko‘p, yo‘qlik haqida bosh qotirishga vaqt yo‘q. Yo‘qlik yo‘q narsa, ammo uni anglatuvchi so‘z bor. O‘ylab ko‘rganmisiz, yo‘qlik yo‘q narsa bo‘lsa, nega uni anglatuvchi so‘z bor. Agar bor narsa bo‘lsa, nega uni "yo‘qlik" deb ataymiz? Odamlar ba’zida aslida yo‘q narsa ustida tortishadilar. Chunki aslida yo‘q …

Continue reading Ma’naviyat bo’lmasa ham, ma’no bo’laveradi

Axloq o’zgaradimi?

“Axloqiylik mehvari” nomli maqolamizga turlicha fikrlar bildirilgan edi.[1] Garchi o‘sha maqolada axloqning vujudga kelishi, manbai haqida so‘z yuritilmagan, bu masalani ko‘tarish maqsadi ham bo‘lmagan esa-da, e’tirozlar orasida bizga axloqning manbai, kelib chiqishi haqida savollar berilgan. Jumladan: “Xo‘sh, “axloqiylik – kishilar o‘rtasidagi munosabatda butun jamiyat to‘g‘ri deb qabul qilgan xulq-atvor me’yorlari”mi yoki ilohiy yo‘l-yo‘riqlar asosida shakllangan …

Continue reading Axloq o’zgaradimi?

Ta’limmi yo tarbiya?

Liberallar va konservatorlar haqida e’lon qilgan maqolamdagi tahlillarimdan kelib chiqadigan yana bir xulosa ta’lim va tarbiya borasida edi. Maqola cho‘zilib ketgani uchun bu haqda to‘xtalmagan edim. Ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan munosabatga qarab, kishining liberal yoki konservator ekanini farqlab olish mumkin. Ta’lim, bilim va tafakkur islohot, innovatsiya, yangiliklar uchun lokomotivdir. Tarbiya esa odatlar, an’analar, qadriyatlar, turmush tarzini …

Continue reading Ta’limmi yo tarbiya?

Zamonamiz donkixotlari

Ajdodlarning buyuk kashfiyot va g‘alabalari bilan faxrlanish, o‘tmishdan qahramon axtarish, ular nomini abadiylashtirish, ularga bag‘ishlab anjumanlar o‘tkazish, ularni dunyoga tanitishga intilish chorak asrlik mustaqilligimiz davridagi muhim tendensiyalardan bo‘ldi desak, mubolag‘a emas. Mustaqillikni endi qo‘lga kiritgan millat uchun bu ham kerakdir, ehtimol. Zero, milliy birlik, milliy g‘urur, milliy o‘zlik shakllanishida shonli o‘tmish haqidagi tasavvurlar, narrativlar muhim …

Continue reading Zamonamiz donkixotlari